XALQARO PATENTLANMAGAN NOMI (XPN)
Paratsetamol+rimantadin gidroxloridi+askorbin kislotasi+setirizin degidroxloridi+kalsiy karbonat+sorbitol

TARKIBI
Har bir paket quyidagilarni saqlaydi:

paratsetamol – 325 mg, rimantadin gidroxloridi – 75 mg, askorbin kislotasi – 125 mg, setirizin degidroxloridi – 2,5 mg, kalsiy karbonat 70 sorbit bilan – 89,3 mg, 25 mg kalsiyga muvofiq.

yordamchi moddalar: aspartam, suvsiz limon kislotasi, aromatizatori (o’rmon mevalari, limon yoki apelsin), qand.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Dori vositasini farmakologik faolligi paratsetamol, rimantadin gidroxloridi, askorbin kislotasi, setirizin digidroxloridi va kalsiy karbonat – uning komponentlarini majmuaviy ta’siri bilan bog’liq.

Dori vositasi viruslarga qarshi, isitma tushiruvchi, yallig’lanishga qarshi, antigistamin ta’sirga ega.

QO’LLANILISHI
Yuqori harorat bilan kuzatiladigan gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalarni (yoki shamollash kasalliklari) davolashda qo’llaniladi.

QO’LLASH USULI VA DOZALARI
Ichga qo’llaniladi. Paket ichidagisini 1 stakan qaynatilgan suvda eritiladi. Issiq holda qabul qilinadi. ​​​12 yoshdan katta bolalarga va kattalarga – 1 kukundan kuniga 3 marta isitmali sindrom saqlanganda 3 – 5 kun davomida buyuriladi. Dori vositasini qabul qilish davomida ahvolni yaxshilanishi bo’lmasa yoki holatni sezilarli yomonlashishi kuzatilsa davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish zarur!

NOJO’YA TA’SIRLARI
Nojo’ya reaksiyalar tez – tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez – tez(1/100 – 1/10) tez – tez emas (1/1000 – 1/100), kam hollarda (1/10000 – 1/1000), juda kam hollarda (1/10000), no’malum (mavjud ma’lumotlarga muvofiq aniqlab bo’lmaydi).

QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
– Ta’sir etuvchi va yordamchi moddalarning biron biriga yuqori sezuvchanlik;
– Homiladorlik va laktatsiya davri;
– fenilketonuriya(aspartam mavjudligi bilan bog’liq;

DORILARNING O’ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan majmuaviy qabul qilish zaruratida oldindan shifokor bilan maslahatlashing. GRIPPOMIKS preparati bilan davolashda alkogol ichimliklarini bir vaqtda qabul qilishdan saqlaning!